Jalolovning zarbasidan keyin AQSHlik bokschi shifoxonaga tushdi

Sport

image

Biroz avval, kecha, 18 sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlari so‘nggi jangni o‘tkazgan  eng og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov AQSH vakili Richard Torresni birinchi raunddayoq nakautga uchratgani haqida xabar bergan edik. 

Jalolovning chap qo‘lda yo‘llagan ajoyib zarbasidan keyin amerikalik bokschi uzoq vaqt o‘rnidan tura olmagandi. 

Richard Torres jangdan so‘ng shifoxonaga tushib qolgan. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Torres jangdan so‘ng o‘z oyog‘i bilan tez yordam mashinasigacha yurib borgan va uni Yekaterinburg shifoxonalaridan biriga olib ketilgan. 

Ayni vaqtda Richard Torresning ahvoli bo‘yicha boshqa ma’lumotlar ochiqlanmayapti. 


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Richard Torres

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing