Jalolovning vaznida Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritgan bokschilarni bilasizmi?

Sport

image

Kecha, 4 avgust kuni boks bo‘yicha +91 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bahodir Jalolov Olimpiya o‘yinlarining yarim finalida britaniyalik Freyzer Klarkni yengib, finalga yo‘l oldi. Oltin medal uchun kechadigan bahsda unga 2019 yilgi Jahon chempionati chorak finalida yenggan raqibi Richard Torres qarshilik qiladi. 

Xulosa qilishga hali erta. Boisi amerikalik bokschi avvalgidan ko‘ra anchagina o‘sishga erishgan. Buni yarim finalda qozoq bokschisi Qamshibek Konkabayevni mag‘lub etib, isbotlay oldi. 

Ushbu vazn toifasi 1984 yil AQSHning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ilk bor dasturga kiritilgan. O‘shanda AQSH qakili Tayrell Biggs italiyalik Franchesko Damiani ustidan g‘alaba qozongan edi. Undan so‘ng, professional boksda ham muvaffaqqiyatli faoliyat yuritgan Lennoks Lyuis, Vladimir Klichko, Aleksandr Povetkin, Entoni Joshua singari charm qo‘lqop uchtalari oltin medalga ega chiqqan.   

1984 — Tayrell Biggs (AQSH)
1988 — Lennoks Lyuis (Kanada)
1992 — Roberto Balado (Kuba)
1996 — Vladimir Klichko (Ukraina)
2000 — Odli Harrison (Buyuk Britaniya)
2004 — Aleksandr Povetkin (Rossiya)
2008 — Roberto Kammarelle (Italiya)
2012 — Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
2016 — Toni Yoka (Fransiya)

Ma’lumot uchun, Tokio Olimpiadasi g‘olibi superog‘ir vazn toifasida Olimpiya chempionligini qo‘lga kiritgan 10-bokschi sifatida qayd etiladi. Final 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 11:15 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Tokio-2020 Vladimir Klichko Entoni Joshua Tayrell Biggs Lennoks L'yuis

Baholaganlar

932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing