Jalolovning bu galgi raqibi 1 raund ham chidab berolmadi (video)

Sport

image

Bugun, 3 oktyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining boks dasturi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov xitoylik Bayikevuzi Danabiyekega qarshi yarim final jangida ringga ko‘tarildi. 

Eng og‘ir vazn toifasida o‘tgan jangda Jalolov mezbonlar vakilini 1-raunddayoq nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa O‘zbekiston vakili 5 oktyabr kuni oltin medal uchun jang qiladigan bo‘ldi.

Bahodir shuningdek, XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l olish bilan bir qatorda Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, bu Jalolov uchun faoliyatidagi uchinchi Olimpiada yo‘llanmasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, chorak finaldan bahslarga qo‘shilgan Jalolov tojikistonlik Muhammad Abroriddinovni katta ustunlik bilan dog‘da qoldirgan edi. U jangning ikkinchi raundida raqibini texnik nokaut evaziga taslim etgandi


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing