Jalolov yo‘q! O‘zbekistonning boks bo‘yicha JCH uchun tarkibi e’lon qilindi

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston boks terma jamoasining 2021 yildagi eng muhim ikkinchi musobaqa Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi rasman e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan tashkil etigan matbuot anjumanida ma’lum qilindi. 

48 kg: 
Nodirjon Mirzahmedov

51 kg: 
Hasanboy Do‘smatov

54 kg: 
Shahobiddin Zoirov

57 kg: 
Mirazizbek Mirzahalilov

60 kg: 
Abdumalik Xalakov

63,5 kg: 
Mujibullo Tursunov

67 kg: 
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

71 kg: 
Shahram G‘iyosov

75 kg: 
Saidjamshid Jafarov

80 kg: 
Odiljon Aslonov

86 kg: 
Shohjahon Abdullayev

92 kg: 
Madiyor Saidrahimov

+92 kg: 
Lazizbek Mullajonov

Ushbu ro‘yxatdagi bokschilar Marat Qurbonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi va federatsiya rahbariyati tomonidan tanlangan.

Osiyo va Jahon chempioni, Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Shahobiddin Zoirov terma jamoa sardori bo‘lishi ma’lum qilindi.Shuningdek, tadbirda Kuba boks federatsiyasi prezidenti Alberto Puig, bosh murabbiy Rolando Asebal, Olimpiada va Jahon chempionlari – Xulio La Kruz, Endi Kruz va Roniel Iglesias ishtirok etdi.Eslatib o‘tamiz, musobaqa sovrin jamg‘armasi 2,6 million dollarni tashkil qiladi. Oltin medal sohiblariga 100 ming AQSH dollari, kumush medal egalariga 50 ming AQSH dollari, bronza medal sovrindorlariga esa 25 ming AQSH dollari mukofot sifatida taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, boks bo‘yicha Jahon chempionati joriy yilning 24 oktyabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov AIBA Jahon chempionati Boks Hasanboy Do'smatov Mirazizbek Mirzahalilov Serbiya Belgrad

Baholaganlar

1370

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing