Jalolov rossiyalik bokschining chaqiruviga javob qaytardi

Sport

image

Boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi Bahodir Jalolov rossiyalik bokschi Mark Petrovskiyning chaqiruviga javob berdi. 

Bahodir Jalolovning QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qilishicha, Petrovskiyda jang qilish niyati bo‘lganda, u Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatiga kelgan bo‘lardi.

“Ha, men u bilan sparring o‘tkazganman. Sparringda nimalar bo‘lganini Petrovskiy juda yaxshi biladi. Buni ortiqcha muhokama qilish shart emas. Agar u men bilan jang qilgisi kelgan bo‘lsa, Toshkentga kelgan bo‘lardi. U nega Toshkentga kelmadi? Balki qachondir Mark bilan to‘qnash kelib qolarmiz”, deydi Jalolov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Petrovskiy “Match TV”ga bergan intervyusida qachondir Jalolov bilan jang o‘tkazmoqchi ekanligini aytdi. U Jalolov bilan profringda ham, havaskor boksda ham jang qilmoqchi ekanligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Mark Petrovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made