Jalolov raqibini bir zarbadayoq nokautga uchratdi

Sport

image

Bugun, 11 dekabr kuni Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional boksdagi o‘zining 9-jangini o‘tkazdi va birinchi zarbasidayoq raqibini nokautga uchratdi.

27 yoshli surxondaryolik bokschiga kolumbiyalik Xulio Sezar Kalemino raqiblik qildi. Jalolov raqibini 46-soniyadayoq ringga qulatishni uddaladi.

Jalolovga ushbu jangda Rahmatjon Ro‘zioxunov va yana bir nechta murabbiylar sekundant vazifasini bajardi. 

Bunga qadar “Big uzbek” professional boksda 8 marta jang o‘tkazgan va ularning barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Kalemino esa, prof boksda 6-jangida ringga ko‘tarildi va ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Boks Jalolov Kalemino

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing