Jalaquduq hokimi qarori haqiqiy emas deb topildi
Jamiyat
−
06 dekabr 2019
4610Sud tomonidan Jalaquduq tuman hokimi 2013 yil 29 noyabrdagi 640-Q-sonli qarorining 11 va 16-bandlari bilan fuqarolar D.Sulaymonovning huquqlari buzilgan deb topildi.
Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 26 oktyabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilish ishlari tartibga solinadi.
Sudda arizachi “Qishloq qurilish bank” bilan shartnoma qilgan va pullarni to‘lagan bo‘lsa-da, hokimning yuqoridagi qarorida keltirilgan ro‘yxatdan uning nomi asossiz tushirib qoldirilganini aytgan. U kreditlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganini ham qo‘shimcha qilgan.
Jalaquduq tuman ma’muriy sudi bu masalada guvohlar ko‘rsatmalarini tinglab, qonun talablarini inobatga olgan va qaror chiqargan. Jalaquduq tuman hokimining qarorining tegishli bandlari haqiqiy emas, deb topilgan.
Sud qarorida yozilishicha, arizachi 2017 yil 10 noyabrda Jalaquduq tuman hokimi S.Turdiyevga murojaat qilgan. Bu murojaatga esa qonuniy yozma javob berilmagan. Ariza esa Jalaquduq tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr davlat korxonasiga yuborilgan. Kadastr boshlig‘i esa nizo borligini hisobga olib fuqarolik sudiga da’vo qilishni bildirgan. Hokimlik vakili esa holatni tasdiqlovchi dalillar taqdim qila olmagan.
Sud holatni atroflicha o‘rganib D.Sulaymonovning shikoyat arizasini qanoatlantirgan.
LiveBarchasi