Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning 3 ta tumani hokimiga “hayfsan” berdi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2021 11926 1 daqiqa
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning uchta tumani hokimlariga “hayfsan” berdi. Shahar rahbarining tegishli farmoyishi “e-qaror” portalida joylashtirildi.
Farmoyishga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Turdiyevich Ergashev, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Bahodirovich Ibrohimov va Yangihayot tumani hokimi Hayot Ilyasovich Inog‘amovga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Bunga mazkur hokimlar joriy yil birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘lgan.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr