Jahongir Ortiqxo‘jayev qachon ta’tilga chiqishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda viloyat, shahar va tuman hokimlari birin-ketin mehnat ta’tiliga chiqib, salomatligini tiklayotgani haqida xabarlar bergan edik. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning rejalangan mehnat ta’tili qishdan bahor fasliga ko‘chirilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Hokimlik axborotida Jahongir Ortiqxo‘jayevning aynan qachon va qancha muddat davomida ta’tilda bo‘lishi aytilmagan. U ta’tilni katta ehtimol bilan O‘zbekistonda o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosarlari hamda 15 nafar hududiy hokimlar davolanish uchun ta’tilga chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing