Jahongir Ahmedov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyul kuni Jahongir Odilxo‘jayevich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli qarorni imzoladi.

Jahongir Ahmedov ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi 183-son qaroriga muvofiq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Jahongir Ahmedov bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori lavozimida ham ishlagan.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ahmedov 1983 yil 4 fevralda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 25-sonli umumta’lim maktabini tamomlagan. 2002-2008 yillarda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rejissyorlik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olgan. O‘zbekiston davlat san’at instituti dotsenti.

Ahmedov katta kinodagi faoliyatini 2009 yilda “Uylanish” romantik komediyasini suratga olishdan boshlagan. Bu uning kino san’atiga ilk qadami bo‘lgan bo‘lsa-da, film kino ixlosmandlari tomonidan juda yaxshi kutib olingan. Shuningdek, Jahongir Ahmedov “Omad”, “Tundan tonggacha”, “Til qursin”, “Majnun”, “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” filmlari bilan tanilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing