Jahongir Ahmedov Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi
Jamiyat
−
23 dekabr 2023
10622O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Ahmedov Jahongir Odilxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shu’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ahmedov Jahongir Odilxo‘jayevich 1983 yil 4 fevralda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U 25-o‘rta maktabni bitirib, 2002 yildan 2008 yilgacha O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik bo‘yicha tamomlagan.
Ushbu tayinlovga qadar u O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori, O‘zbekiston kinematograflari ijodiy uyushmasi boshqaruvi a’zosi (2018), O‘zbekiston kinematografiya agentligi Badiiy kengash a’zosi (2019), O‘zbekiston Rassomlari va ijrochilar mualliflik huquqlari palatasi boshqaruv a’zosi (2020) lavozimlarida ishlab kelgan. Rejissyor sifatida “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.