8 oyda dunyo turizmi qancha zarar ko‘rgani aniq bo‘ldi
Olam
−
27 Oktabr 2020
3405Koronavirusning yangi pandemiyasi tufayli dunyo bo‘ylab sayohatlar sonining kamayishi sayyohlik sohasiga 2020 yilning dastlabki sakkiz oyida 730 milliard dollar miqdorida zarar keltirdi. Bu haqda BMTning Jahon turizm tashkilotining shtab-kvartirasi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyada o‘rnatilgan cheklovlar "global turizmga zarba berishda davom etmoqda". "Jahon sayyohlik tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning dastlabki sakkiz oyida xalqaro sayyohlar soni 70 foizga kamaydi", deyiladi xabarda.
"Bu 730 milliard dollarlik zararga olib keldi", deya ta’kidlagan tashkilot va bu global iqtisodiy va moliyaviy inqiroz tufayli bu sektor 2009 yilda ko‘rgan zararidan "sakkiz baravar ko‘p yo‘qotish" ekanligini ta’kidladi.
2019 yilda boshqa mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar soni 1,5 milliardga yetdi, bu 2018 yilgi darajadan 4 foizga yuqori.
LiveBarchasi