Jahon shaxmat toji. Sindorov va Gukesh o‘rtasidagi o‘yinlar taqvimi e’lon qilindi
Sport
−
13:08 2148 1 daqiqa
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va Hindistonning amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukesh o‘rtasidagi 2026 yilgi jahon chempionligi uchun bahs taqvimini e’lon qildi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvlar joriy yilning 24 noyabridan 12 dekabriga qadar Jenevada bo‘lib o‘tadi. Asosiy partiyalar Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 15:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Barcha partiyalar Toshkent vaqti bilan soat 19:00ga to‘g‘ri keladi.
Belgilangan taqvimga ko‘ra, birinchi partiya 24 noyabr, ikkinchisi 25 noyabr, uchinchisi 26 noyabr, to‘rtinchisi 28 noyabr, beshinchisi 29 noyabr va oltinchisi 30 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Yettinchi partiya 2 dekabr, sakkizinchisi 3 dekabr, to‘qqizinchisi 4 dekabr, o‘ninchisi 6 dekabr, o‘n birinchi partiya 7 dekabr, o‘n ikkinchisi 8 dekabr, o‘n uchinchisi 10 dekabr va o‘n to‘rtinchisi 11 dekabr kuniga belgilangan. Agar asosiy bahslarda g‘olib aniqlanmasa, tay-breyk 12 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Javohir Sindorov 2026 yilgi da’vogarlar turnirida g‘olib chiqqanidan so‘ng jahon shaxmat toji uchun kurashish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi u amaldagi jahon chempioni Dommaraju Gukeshga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv g‘olibi jahon chempioniga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindorov a’zoligidagi O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi joriy yilgi Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi