Jahon chempioni Saudiya klubi taklifini javobsiz qoldirmoqda

Sport

image

“Tottenxem” klubining fransiyalik darvozaboni Ugo Loris faoliyatini Italiya yoki Fransiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sports Zone” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, darvozabonning xizmatlari Fransiyaning PSJ va Italiyaning “Inter” klublariga taklif qilingan. Shuningdek, Lorisga Saudiyaning “Al-Shabab” klubi qiziqish bildirmoqda. Darvozabon saudiyaliklarning rasmiy taklifiga hozircha javob qaytargani yo‘q. 

36 yoshli Lorisning “Tottenxem” bilan shartnomasi yana bir mavsumga mo‘ljallangan. Darvozabon London klubida 2012 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. “Transfermarkt” uni 3 million yevroga baholagan.

“Tottenxem” tarkibida 11 yil davomida Loris birorta sovrin yuta olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Ugo L'oris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made