Jahon chempioni Beterbiyev koronavirusga chalindi

Sport

image

Rossiyalik bokschi, WBC va IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Artur Beterbiyev koronavirusga chalindi. Shu sababli, uning germaniyalik Adam Daynes bilan 2021 yil 30 yanvar kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin

"Afsuski, menda koronavirus aniqlandi. Shu sababli, Adam Daynes bilan 30 yanvarga belgilangan jangim noma’lum muddatga qoldirilishi mumkin. Men imkon qadar tezroq tuzalib, safga qaytishga harakat qilaman. Umid qilamanki, meni tushunasiz va qo‘llab-quvvatlaysiz", deb yozgan Artur Beterbiyev Instagram sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu jang joriy yilning oktyabr oyida Moskvada o‘tkazilishi kerak edi. O‘shanda Beterbiyevning jarohati tufayli jang qoldirilgandi. 

35 yoshli Beterbiyev boksdagi faoliyati davomida 15 bor g‘alabaga erishgan (barchasi nokaut bilan), umuman mag‘lubiyatga uchramagan. 29 yoshli Daynesda esa 19 g‘alaba (10 ta nokaut), bitta mag‘lubiyat va bitta durang bor.


Maqola muallifi

Teglar

Artur Beterbiev

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing