Jahon chempionatini yana qishda o‘tkazilishi mumkin

Sport

−

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan 2034 yilgi Jahon chempionatini 2035 yil qishiga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Athletic” nashri xabar berdi.

Saudiya Arabistonida yoz oylarida havo harorati juda yuqori bo‘lishi sababli musobaqani an’anaviy yozgi muddatda o‘tkazish qiyin. Shuningdek, 2034 yilning noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri kelishi kutilayotgan Ramazon oyi ham taqvimni belgilashda muhim omil hisoblanadi.

Shu sababli, Jahon chempionatini 2034 yilning oxirida yoki 2035 yil boshida o‘tkazish varianti muhokama qilinmoqda. Biroq musobaqaning aniq sanasi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati ilk bor 2022 yilda Qatarda qish faslida o‘tkazilgan. Musobaqa 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar davom etgan va finalda Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing