Jahon chempionatidan chetlatilgan gollandiyalik hakam vafot etdi
Sport
−
14 iyul 5632 1 daqiqa
Gollandiyalik hakam Rob Diperink 2026 yilgi Jahon chempionatidan chetlatilganidan bir necha hafta o‘tib vafot etdi. Bu haqda ED nashri xabar berdi.
38 yoshli hakamning o‘limi sababi hozircha oshkor qilinmagan. Holat yuzasidan politsiya tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Diperink 2026 yilgi Jahon chempionatida video yordamchi hakam (VAR) sifatida faoliyat yuritishi rejalashtirilgan edi. Biroq turnir boshlanishidan bir oy avval u FIFA tomonidan rasmiylar ro‘yxatidan chiqarildi. Bunga uning aprel oyida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilinib hibsga olingani sabab bo‘lgan.
Keyinchalik London politsiyasi tergov davomida hakamning aybini isbotlay olmadi va jinoyat ishini tugatdi. Shunga qaramay, FIFA Jahon chempionatida faqat benuqson obro‘ga ega rasmiylar ishlashi kerakligini inobatga olib, Diperinkni turnirga taklif etilgan hakamlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi.
Ma’lumot uchun, Rob Diperink 2017 yildan buyon Niderlandiya chempionati o‘yinlarida hakamlik qilib kelgan. Keyinchalik u xalqaro toifadagi VAR hakami maqomini oldi. U, jumladan, 2024 yilgi Yevropa chempionatining bir nechta uchrashuvlarida ham video yordamchi hakam sifatida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi