Jahon chempionati oldidan VAR vakolatlari kengayishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi (IFAB) amaldorlari Jahon chempionati oldidan burchak to‘pi noto‘g‘ri berilgan hollarda VAR tizimini aralashishiga ruxsat berish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shuningdek, ular hakamlarning ikkinchi sariq kartochka berish qarorlarini qayta ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lishini ham istamoqda. Bu haqda “Thye Guardian” nashri xabar berdi.

Tashkilot mutasaddilari jahon chempionatidagi hakamlarning qarorlari imkon qadar adolatli va to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashni maqsad qilgan.

Agar o‘zgarishlar qabul qilinsa, 48 jamoa ishtirokidagi Jahon chempionati birinchi bo‘lib burchak to‘plarini VAR yordamida baholash mumkin bo‘ladi. VAR texnologiya bunday holatlarda to‘p chiziqni to‘liq kesib o‘tgan yoki yo‘qligini va qaysi jamoadan to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketganligini aniqlashda ishlatiladi. Shu bilan birga, noto‘g‘ri berilgan ikkinchi sariq kartochkalarni VAR yordamida aniqlash ham muhokama qilinmoqda. Bu kabi qarorlar muhim o‘yin natijalariga, jumladan, finalga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri qarorlarni kamaytirishga mo‘ljallangan.

IFAB tomonidan qoidaga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar 2026 yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan yillik umumiy yig‘ilishda tasdiqlanishi kerak. FIFA esa turnir oldidan yangi texnologik yondashuvlarni, Qatardagi Jahon chempionatida yarim avtomatlashtirilgan ofsayd tizimini va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida hakamlar uchun tana kameralarini qo‘llashni xalqaro musobaqalarda joriy qilishga tayyorligini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi joriy yilning 5 dekabr kuni AQSH poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchadan o‘rin oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati VAR qoida

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing