Jahon chempionati oldidan Marokash murabbiyi ishdan ketdi

Sport

image

Jahon chempionati boshlanishiga 3 oydan sal ko‘proq vaqt qolganda Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi xabar berdi.

Marokash Qirollik futbol federatsiyasining  ma’lum qilishicha, Regragining o‘rnini mamlakat yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritgan 49 yoshli Muhammad Uaxbi egallaydi.

Regragi o‘zi esa Instagram sahifasida terma jamoa bilan bog‘liq unutilmas lahzalar aks etgan videoni joylashtirib, “Abadiy Marokash. Rahmat” deb izoh qoldirgan.

50 yoshli Regragi Marokash terma jamoasini 2022 yil avgust oyida qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida jamoa 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 36 tasida g‘alaba qozongan, 8 tasida durang o‘ynagan va 5 marta mag‘lub bo‘lgan.

2022 yilda Marokash tarixiy natijaga erishib, Jahon chempionati yarim finaliga chiqqan birinchi Afrika va Arab jamoasiga aylandi. Regragi boshqaruvida jamoa Afrika kubogi finaliga ham yetib bordi, ammo 2026 yilning yanvar oyida hal qiluvchi bahsda Senegalga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, sentyabr oyida Marokash 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan birinchi Afrika jamoasiga aylandi. Guruh bosqichida ular Braziliya, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xavi Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rib chiqillayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Marokash Valid Regragi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing