Jahon banki O‘zbekiston kompaniyasiga sanksiya joriy qildi

Olam

image

Jahon banki O‘zbekistonning “Mega-Mebiko” kompaniyasiga Sirdaryoda suv ta’minoti bo‘yicha loyiha doirasida firibgarlik qilgani uchun 30 oy muddatga sanksiya joriy qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

Sanksiya sabab “Mega-Mebiko” MCHJ Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda ishtirok eta olmaydi. Ko‘rilgan choralar — tinch kelishuvning bir qismi bo‘lib, kompaniya o‘z javobgarligini tan olgan.

Loyiha Sirdaryo viloyatining alohida tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan. JB ma’lumotlariga ko‘ra, Mega-Mebiko loyiha bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritish uchun noto‘g‘ri moliyaviy axborotlar bergan va manfaatlar to‘qnashuviga ega emasligi haqida yolg‘on ma’lumot taqdim etgan.

Tomonlar imzolagan tinchlik kelishuviga ko‘ra, sanksiyalardan ozod qilinishini uchun kompaniyaga JB tamoyillariga muvofiq halollikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish majburiyati yuklangan. Kompaniyaga Jahon Banki guruhi bilan to‘laqonlik hamkorlikni davom ettirish ham yuklatildi.

Avvalroq, Jahon banki Fides Solutions kompaniyasiga saknsiya joriy qilgandi. Kompaniya loyihani qo‘lga kiritish uchun JB vakiliga pora berishga urinishda ayblangan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki

Baholaganlar

629

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing