Jahon banki Ukrainaga 1,5 milliard dollar kredit ajratishni ma’qulladi

Olam

image

Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainaga 1,5 milliard AQSH dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda bugun, 27 mart kuni Ukraina hukumati xabar berdi.

Bu mablag‘ning asosiy qismi – 984 million dollari Yaponiya hukumati kafolati, 516 million dollari esa Buyuk Britaniya kafolati bo‘yicha beriladi. Mablag‘lar joriy yilning mart oyi oxirigacha Ukraina byudjetiga tushishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mablag‘lar ijtimoiy va gumanitar maqsadlarga sarflanadi.

"Yig‘ilgan mablag‘lar davlat hukumatini, Ukraina byudjetini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni tiklash, davlat byudjetining ustuvor ijtimoiy va gumanitar xarajatlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi", deydi Ukraina Moliya vaziri Sergey Marchenko.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Kiyevga 880 million dollar miqdorida kredit transhi taqdim etilishini ma’qullagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing