Jahon banki Turkiya birinchi xonimini mukofotladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emina Erdo‘g‘anga “Chiqindisiz” loyihasi bilan iqlim bo‘yicha olib borgan ilg‘or ishlari uchun Jahon banki tomonidan “Iqlim va taraqqiyot yetakchiligi mukofoti” topshirildi. 

Iqlim o‘zgarishi endi faqat ekologik muammo emas, balki mamlakatlarning taraqqiyoti va farovonligiga chuqur ta’sir ko‘rsatadigan global inqiroz va insoniyatning kelajagi uchun katta tashvish ekanligini ta’kidlagan birinchi xonim Erdo‘g‘an, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siri butun dunyoda bo‘lgani kabi mintaqa, shu jumladan Turkiyada ham sezilayotganini ta’kidladi.  

“Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda global miqyosda juda muhim bir ostonada turibmiz. Turkiya mamlakati o‘laroq bu inqirozga dunyo bizning umumiy uyimiz ekanini anglagan holda yondashamiz”, deydi Emina Erdo‘g‘an 

Uning qayd etishicha, mamlakatlarning taraqqiyoti va farovonlik darajasi iqlim o‘zgarishiga qarshi qo‘yadigan qadamlari bilan bevosita bog‘liq, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash doirasida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish siyosatlarini tayyorlash hayotiy ahamiyatga ega.

U Jahon bankining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakat rejasi bilan mamlakatlar uchun ilg‘or ish qilganini ifoda etdi.
 
“O‘rmon va dengizlarimizni muhofaza qilish, suv toshqinlarini boshqarish, barqaror qishloq xo‘jaligi va qayta tiklanadigan energiya kabi sohalarda Jahon banki bilan tayyorlanayotgan yangi loyihalardan barchamiz juda hayajondamiz”, deydi xonim Erdo‘g‘an. 

U “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda tabiatning qon to‘kayotgan yaralarini davolash uchun harakat qilishimiz kerak bo‘lgan eng muhim sohalardan biri vijdondir”degan jumlani ishlatib, ekologik axloqni shakllantirish har qanday sarmoya kabi muhimligini urg‘uladi. 

“Shu munosabat bilan men turli mamlakatlardan yoshlarni birlashtirgan yoshlar lagerlari va seminarlar tashkil etishni taklif qilaman. Keling, yoshlarga sivilizatsiyalar tabiatga qanday munosabatda bo‘lishini va bu yondashuvning san’at, adabiyot va hayot madaniyatidagi ekvivalentlarini ko‘rsataylik. Ishonamanki, bu sa’y-harakatlar “barqaror dunyo”ning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan “barqaror sevgi” urug‘ini ekadi”, deydi Emina Erdo‘g‘an.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon banki Emina Erdo'g'an

Baholaganlar

45

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing