Jahon banki Orol dengizi qurishining asosiy sababini aytdi

Olam

image

Jahon banki, Global landshaft forumi (GLF), Qozog‘iston-Germaniya universiteti (DKU) va Plug and Play (P&P) ushbu tanlovda ishtirok etish uchun olim va mutaxassislardan arizalar qabul qilmoqda

Tanlov Markaziy Osiyo suv-energetika dasturi (CAWEP) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va Jahon bankining Markaziy Osiyoda barqaror landshaft dasturi “RESILAND CA +”ni amalga oshirishga hissa qo‘shadi.

Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, 1960-yillarda Orol dengizi kattaligi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan.

“Ammo, deyarli 30 yil davomida suv resurslaridan turli ekinlar, shu jumladan paxta va guruch yetishtirish uchun foydalanilgani natijasida u deyarli butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. Bu Markaziy Osiyo mamlakatlari ekologiyasi va iqtisodiyoti uchun falokatli oqibatlarga olib keldi, shuningdek, ushbu mintaqada yashovchi millionlab odamlarning farovonligi va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatdi”, deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston cho‘llashish va yerlarning degradatsiyasidan aziyat chekyapti. Orol fojiasi oqibatlari ushbu mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining hosildorligiga, chorvachilik va aholining yashash darajasiga salbiy ta’sir o‘tkazyapti. Avvalgi dengiz tubining 5,5 mln gektar maydonda yuzaga kelgan va har ikki davlat hududini o‘z ichiga olgan Orolqum cho‘li bu jarayonni sezilarli darajada tezlashtirdi.

Yuqorida aytib o‘tilgan tashkilotlar e’lon qilingan tanlov Orol dengizi mintaqasidagi mahalliy ekotizimlarga salbiy ta’sirni yumshatish uchun foydalaniladigan ilg‘or innovatsion yechimlarni jalb qilishga yordam beradi, deb hisoblamoqda. Shuningdek, tanlov mintaqa yerlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yechimlarga e’tibor qaratadi.

Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari quyi oqimidagi mamlakatlar yirik GESlar qurishi Orol dengizi va mintaqa ekologiyasiga asosiy xavf ekanligini bir necha bor ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Orol dengizi

Baholaganlar

592

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing