Prezidentdan “hayfsan” olgan Ortiqxo‘jayev shifoxonalarga borib, yangi taqiqlar o‘rnatdi

Jamiyat

image

Toshkentda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarga uydan ovqat olib kelish taqiqlandi. Bugun, 16 iyul kuni poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Ibn Sino nomidagi shahar 1-sonli klinik shifoxonasida hamda Toshkent shahar Tez tibbiy yordam xizmati dispetcherlik markazida bo‘lib, shunday topshiriq berdi.

Hokim shifoxonada yonida xodimlar bilan muloqot vaqtida ikki kishi tinmay ichkariga ovqat tashiyotganiga e’tibor qaratgan.

“Odamlarning uyida ham koronavirus tarqalgan. Uyidagi qizi, bolasi kasal uyida ovqat pishirb, bu yerga olib kelyapti. Endi tuzalayotgan vaqtida yana “zaraza” kirib kelyapti. To‘g‘ri tushuntiroldimmi?”, deydi shahar hokimi.

Ortiqxo‘jayev shifoxonada ovqatlanish menyusi o‘zgartirilganini ta’kidlab, uydan ovqat olib kelish to‘xtatilishini aytgan.

“Ertadan uydan ovqat olib kelish yo‘q. Bu yuqumli kasalliklar shifoxonasi. Endi sog‘ayayotganda boshqasiga o‘tib ketadi”, deydi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi epidemiologik vaziyatga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazgandi. Yig‘ilishda ushbu ikki hudud rahbarini jiddiy tanqid qilib, ularni siyosatga va xalqqa xiyonat qilayotganini ta’kidlab o‘tgan. Yig‘ilishda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher shodmonov "hayfsan" olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing