Daraxtlarga “poyloqchi” Ortiqxo‘jayev, 10 yilga “kesilgan” Qodirov, Zelenskiyning ilk maoshi va kunning muhim xabarlari

Jamiyat

image

Ortiqxo‘jayev va uning hokimiyati qonunni mensimaydi...mi?

Bundan bir necha soat avval Toshkent shahar hokimiyati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida kecha, 25 iyun kuni poytaxtning Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, “Turkiston” san’at saroyi old qismidagi daraxtlar noqonuniy ravishda kesilayotgani bilan bog‘liq xabarni e’lon qildi.

Qalampir.uz muxbiri ushbu xabarlar yuzasidan jurnalistik surishtiruv o‘tkazdi. Maqolada ta’kidlanganidek, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari OAV aralashuvidan xabar topib, hibslanganlarning yaqinlariga  internetga xabar tarqatish ularga faqat zarar keltirishini aytib, ogohlantirgan. Oradan shuncha vaqt o‘tishiga qaramasdan, na Toshkent shahar hokimiyati, na prorkuratura, na IIBB vaziyatga oydinlik kiritdi. Bir necha kishi hamon Yunusobod IIBda qolmoqda.  Maqolani batafsil ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Zelenskiyning Prezidentlikdagi birinchi maoshi 5 mln so‘mga ham yetmadi.

Ukrainaning yangi saylangan Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari sifatidagi birinchi maoshini oldi. Bu haqda "Faktor" Prezident administratsiyasi Matbuot xizmatiga asoslanib, xabar berdi.

Zelenskiyning birinchi maoshi 12 727,27 grivna yoki 4 174 544,56 so‘mni tashkil etgan. Shundan 2 481,82 grivna yoki 814 036,96 so‘m soliqlar uchun ushlab qolingan.

Tezkor: Rashid Qodirovga hukm o‘qildi.

Bugun, 2019 yil 26 iyun kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shaxar sudi, Yunusobod tuman sudining binosida, O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov va boshqalarga oid (jami 13 nafar shaxs) jinoyat ishi bo‘yicha ayblov hukmi e’lon qilindi.
Sudning hukmi bilan aybli deb topilgan jinoyatlari uchun Rashid Qodirovga, JK 50-moddasining 6-qismi tartibida 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Shuningdek, U. Sunnatov 19 yilga, A. Mirzayev 15 yilga, U. Xurramov 14 yilga, J. Fayziyev 13 yilga, L. Musashayxov 13 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Bundan tashqari, sud og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan Rashid Qodirov, M. Mirzayev, A. Mirzayev, J. Fayziyev, U. Sunnatov, R. Pulatov, U. Xurramov, Yu. Gaipovni (JKning 52-moddasi) maxsus unvon va davlat mukofotlaridan mahrum qilish haqida taqdimnoma kiritishga qaror qildi.

Mashhur zargar Aliyev: “Pogon taqqan mahluqlar” “Jasliq”da meni qiynoqqa soldi.

Ayni kunlarda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida sudya M.Usmonov raisligida biznesmen Ahmad Aliyevning ishi bo‘yicha apellyatsiya eshituvi bo‘lib o‘tmoqda. Ahmad Aliyev 2013 yilda bir qator moddalar bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

“Aliyev zargari” kompaniyasining rahbari, taniqli zargar Ahmad Aliyev ozodlikdan mahrum etilganiga 7 yildan oshdi. Himoya tomoni zargarning ishi yolg‘ondan to‘qib chiqarilgani va sud eshituvi davomida bunga yetarlicha dalillar keltirilishini bildirgan.

“Bir necha yil “Jasliq”da o‘tirdim. Oldimga advokatlarni qo‘yishmadi, yozgan xatlarim manziliga yetib bormadi. Bularning barchasi qonuniy hukumatga qarshi huquq-tartibot organlaridagi yuqori martabali amaldorlar tomonidan tayyorlangan jinoiy loyihani moliyalashtirishdan bosh tortganim sabab sodir bo‘ldi. Buning ustiga ularning jirkanch rejalarini Prezident va bosh vazirga aytishni va’da qilgandim”, deydi Aliyev sud zalida.

 “Sudda sudyalar va Buzrukovning prokurori qatnashgan edi va u kunlik qiynoqlarga chiday olmay yolg‘on ko‘rsatma berganini aytdi. Biroq sud uning so‘zlarini inobatga olmadi. Qolgan 23 ta modda bo‘yicha ham xuddi shunday bo‘ldi. 7,5 yil davomida pogon taqqan maxluqlar barcha sud jarayonlariga aralashdi. Oilamga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilishdi, jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazishdi. Prezident yoki bosh vazir bilan uchrashishimga imkon berishmadi. 2014 yildagina barchasini oshkor qilish imkoniyati tug‘ildi.

Buning barchasiga 50 varaq qog‘oz sarfladim. O‘shandayam yozganlarim kerakli odamlarga yetib bormadi. Biroq keyinchalik mening yozganlarim huquq-tartibot organlaridagi yuqori martabali amaldorlarga nisbatan jinoyat ishi ochilishida muhim rolni o‘ynadi”, deydi Aliyev.

Ahmed Aliyev — taniqli zargar va tadbirkor, O‘zbekiston zargarlar assotsiatsiyasi raisi, 1200 ga yaqin xodim ishlagan “Aliyev zargari” kompaniyasi egasi edi.

Aka o‘z ukasining xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi.

Joriy yilning 24 iyun kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida soat 23:00 larda fuqaro A.A. (1961 y.t.) meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan o‘zaro nizoga borib qolgan.

Nizo oqibatida ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. (1964 y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987 y.t.) va G.A. (1994 y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba pichoq urgan. Oqibatda G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etganlar, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan 24.06.2019 yilda A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Urush xavfi ortmoqda: AQSH Eronni bir zarb bilan yo‘q qilmoqchi.

Prezident Donald Tramp Eron tomonidan AQSHga hujum uyushtiriladigan bo‘lsa, Fors ko‘rfazini bir zarb bilan yo‘q qilib yuborishini ma’lum qildi.

"Eronning birorta amerikalikka qiladigan har qanday tahdidi biz tomonimizdan katta og‘riq bilan qabul qilinadi. Bu esa bir qancha hududlarning vayronagarchilikka yuz tutishini anglatadi", deb yozdi Tramp Twitter'dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing