Zelenskiyning idorasi yaqinida namoyishlar o‘tkazildi
Olam
−
24 fevral 2021
4476Kecha, 23 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasi yaqinida, Odessa faoli Sergey Sternenkoning hukmiga qarshi miting bo‘lib o‘tdi.
Mitinglarda 2 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.
Shahardagi norozilik harakatlari hozirda o‘z yakuniga yetgan.
Qayd etilishicha, mitingda namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashgan.
Namoyishlarda 27 nafar politsiya xodimi jarohat olgan, ulardan birining formasi majburan yechib tashlangan. 24 kishi esa hibsga olingan.
Ma’lumot o‘rnida, Odessadagi "O‘ng sektor" tashkilotining sobiq rahbari Sergey Sternenko 2018 yil bahorida bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan.
Hujum qilganlardan biri oshqozon yarasidan vafot etgan, shundan so‘ng radikalga qarshi qasddan odam o‘ldirish va pichoqlarni noqonuniy olib yurish uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Keyinchalik u yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.