Zelenskiyning BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida virtual ishtirok etishiga qarshi chiqildi
Olam
−
24 avgust 2022
9882Rossiya Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida virtual ishtirok etishiga e’tiroz bildirmoqda, ishtirok bevosita bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining jahon tashkilotidagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya bugun, 24 avgust kuni mazkur yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Janob rais, delegatsiyamiz Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning bugungi uchrashuvda virtual ishtirok etishiga e’tiroz bildirmoqda”, deydi u.
Nebenzyaning tushuntirishicha, Rossiya prinsipial jihatdan Ukraina Prezidenti yoki uning vakilining uchrashuvda ishtirok etishiga qarshi emas.
“Ammo bunday ishtirok faqat bevosita bo‘lishi kerak, ya’ni u Xavfsizlik Kengashi xonasida jismonan hozir bo‘lishi kerak”, deydi Nebenzya.
Diplomatga ko‘zra, bu Rossiyaning injiqligi emas, balki kengash ishini tartibga soluvchi qoidalar. Bu yerda siyosat yo‘q, bu faqat protsedura masalasi
"Bundan tashqari, Zelenskiy Bosh Assambleyaning 77-sessiyasida Ukraina delegatsiyasining rahbari deb e’lon qilindi, bu faqat shaxsan amalga oshirilishi mumkin", deydi Nebenzya.