Zelenskiyning AQSHga borishi qo‘rquvdan darak – “Bloomberg”
Olam
−
23 dekabr 2022
11797Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Qo‘shma Shtatlarga safari Kiyevning kelajakda AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanishidan xavotirga tushganidan dalolat beradi. Bu haqda kecha, 22 dekabr kuni “Bloomberg” agentligi xabar berdi.
Agentlik sharhlovchisi Xel Brendsning fikricha, agar hamma narsa joyida bo‘lsa, Zelenskiy Vashingtonga kelmas edi.
Nashrning yozishicha, Pentagonning ba’zi rasmiylari Ukrainaga yordam AQSH harbiy rejalari yoki Vashington duch kelishi mumkin bo‘lgan boshqa kutilmagan vaziyatlar uchun ajratilgan resurslarni quritayotganidan xavotirda.
AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratishi, kuzatuvchiga ko‘ra, qo‘llab-quvvatlash abadiy davom etadi, degani emas.
“Respublikachilar boshchiligidagi yangi Vakillar palatasida Ukrainaga skeptiklarning ta’siri Kiyevni bundan keyin nima bo‘lishidan asabiylashtirsa kerak – bugungi olqishlar kelasi yilda ochiq chek kitobiga aylanib ketishi noma’lum”, deb yozadi Brends.
Ukraina Prezidenti 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bostirib kirishi boshlanganidan beri birinchi xorijiy tashrifini, xususan, AQSHga, birinchi navbatda, asosiy ittifoqchiga 300 kundan ortiq davom etayotgan urushda to‘liq miqyosda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirish maqsadida amalga oshirdi. U Bayden va Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan muloqot qildi, AQSH Kongressida so‘zga chiqdi.
LiveBarchasi