Zelenskiyni tabriklagani Kiyevga kelgan Jonson bo‘sh qo‘l bilan qaytmayapti

Olam

image

Buyuk Britaniyaning amaldagi Bosh vaziri Boris Jonson bugun, 24 avgust kuni Kiyevga keldi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Jonsonning aynan bugun Ukrainaga tashrif buyurishi ramziy ahamiyatga ega. Gap shundaki, 24 avgust kuni Ukraina o‘z mustaqilligini e’lon qilgan va bugun ushbu tarixiy hodisaga 31 yil to‘ldi. 

“Men Ukrainaning buyuk do‘sti Boris Jonsonni Mustaqillik kuni bilan tabriklaganimdan xursandman. Boris, Rossiyaning keng ko‘lamli tajovuzining birinchi kunlaridanoq mamlakatimizni murosasiz qo‘llab-quvvatlaganingiz, xalqaro maydonda Ukraina manfaatlarini qat’iy himoya qilganingiz uchun tashakkur! Davlatimiz baxtiga shunday do‘st bor ekan”, deydi Ukraina Prezidenti.  

Jonson Rossiyaning keng miqyosli bosqinining boshlanishidan beri Ukrainaga tashrif buyurgan G7 davlatining birinchi rahbari edi. Bu vaqt ichida u poytaxtga ikki marta kelgan. 

Zelenskiy Jonsonni Ukrainaning “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi. 

“Bugun, biz nima bo‘lishidan qat’i nazar nishonlaydigan Mustaqillik kunida men Borisga barcha ukrainaliklar nomidan “Ozodlik” ordenini topshirish sharafiga muyassarman. Bu mukofot Borisning mamlakatimiz va butun Yevropa uchun qilgan barcha ishlarini to‘liq aks ettiradi”, deydi u. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Boris Jonson

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing