Zelenskiylar oilasining daromadi bir yilda 3 barobarga oshdi
Olam
−
30 mart
16003Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2023 yil uchun mulk, daromad va xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Deklaratsiyaga ko‘ra, Zelenskiy va uning oilasining daromadi 2023 yilda 12 million 423 ming grivnani (taxminan 317 ming AQSH dollari) tashkil qilgan. Ushbu mablag‘larning 7 million 455 ming 972 grivnasi (190 ming AQSH dollaridan ortig‘i) davlat ichki qarz obligatsiyalarini sotishdan olingan.
Zelenskiylar oilasining 2023 yildagi daromadi asosan ish haqi, bank foizlari va ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan tushgan daromaddan iborat bo‘lgan. Umuman olganda, bu miqdor 4 million 967 ming 036 grivnani (taxminan 127 ming AQSH dollari) tashkil etadi. Prezident devoni daromadning o‘tgan yilga nisbatan oshganini ijara haqining barqarorlashishi bilan izohlagan.
Ma’lumot uchun, Zelenskiylar oilasining 2021 yildagi umumiy daromadi 10 824 million grivnani (deyarli 276 ming AQSH dollari), 2022 yilda qariyb uch baravar qisqarib, 3,692 million grivnani (94 ming AQSH dollaridan ortiq) tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Ukraina jangni davom ettirish uchun pul qidirayotgani aytilgan edi.
LiveBarchasi