Zelenskiyga Orbanning tinchlik rejasi yoqmadi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish taklifi yoqmadi. Bu haqda Orban “Die Weltwoche” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Orban Kiyevda Ukraina Prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan. Vengriya Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiyga “bu taklif haqiqatan ham yoqmagan”.

“Uning bu borada biroz shubhasi bor edi. Bu unga unchalik yoqmasdi. U aytdi: o‘ylab ko‘raylik, o‘ylab ko‘raylik”, dedi Orban.

Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina allaqachon o‘t ochishni to‘xtatish tajribasiga ega. Biroq Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va Ukrainaga foyda keltirmagan.

Vengriya Bosh vaziri Zelenskiyni o‘z taklifini qabul qilishga ko‘ndirish maqsadi yo‘qligini qo‘shimcha qildi. U faqat Ukraina Prezidentiga Vengriyaning tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha pozitsiyasini yetkazmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Viktor Orban 2015 yildan beri birinchi marta Kiyevga 2 iyul kuni bordi. Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar yakunida Vengriya Bosh vaziri Ukraina Prezidentidan tinchlik muzokaralari oldidan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘raganini aytdi. Biroq Zelenskiyning o‘zi muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu mavzuni tilga olmadi.

Keyinroq Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva Ukraina Prezidenti Orbanning taklifini tinglaganini va bunga javoban Ukraina pozitsiyasini bayon qilganini aytdi. Jovkva Ukraina tinchlikka intilayotganini va unga tinchlik sammitlari orqali erishishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing