Zelenskiy Yevroparlamentni Rossiyaning jinoyatlariga jim qarab turmaslikka chaqirdi
Olam
−
15 dekabr 2022
2041Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush tugashini kutmasdan, Rossiya rahbariyatini hozirdanoq javobgarlikka tortish uchun xalqaro tribunal yaratishni talab qilmoqda va kelajakda adolatning tegishli institutsional asosini doimiy qilish zarur deb hisoblaydi. Bu haqda u Saxarov mukofotini topshirish marosimidagi onlayn nutqi chog‘ida ta’kidladi.
“Biz urush tugashini kutmasdan, uni qo‘zg‘atganlarning barchasini javobgarlikka tortish va tajovuz takrorlanishining oldini olish uchun hozir harakat qilishimiz kerak. Bu erkinlik, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va biz siz bilan baham ko‘radigan boshqa umumiy qadriyatlarning eng samarali himoyasi bo‘ladi”, deydi Zelenskiy.
Davlat rahbari rossiyalik bosqinchilarning Ukrainadagi jinoyatlarini tergov qilayotgan va tergov qilishda yordam berayotgan, rossiyalik qotillar va terrorchilar haqida ma’lumot qidirayotgan barchaga Ukraina prokurorlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan va adolatni o‘rnatish niyatida bo‘lgan Xalqaro jinoiy sudga minnatdorlik bildirdi.
U, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga nisbatan bosqinchilik jinoyati bo‘yicha tribunal yaratish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirayotgan barcha yetakchi va davlatlar, siyosatchilar va xalqaro tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi.
“Barchangizni, partiyalaringiz va davlatlaringizni bu ishni samarali qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman! Tribunal ish boshlashi kerak”, deydi Prezident Zelenskiy.
LiveBarchasi