Zelenskiy Yevropa rahbarlari bilan uchrashdi. Bu safar u nimalarga erishdi?

Olam

image

Bugun, 22 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Gretsiya poytaxti Afinada bo‘lib o‘tayotgan Ukraina-Bolqon sammitida qatnashdi va qator Yevropa davlatlari yetakchilari, shuningdek, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Ukraina va YeI o‘rtasida to‘liq bojsiz savdoni tiklash hamda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Yevropa Ittifoqi yagona bozorining butun hududiga erkin kirishini ta’minlash muhim. Men 15 sentyabr kuni YeIda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan har qanday cheklovlar olib tashlanishini kutaman”, degan Zelenskiy Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvi chog‘ida.

Shuningdek, Ukraina yetakchisi Yevrokomissiya rahbari bilan “don yo‘lagi”ning muqobil yo‘nalishlarini muhokama qilgan. Xavfsizlik va moliyaviy jihatlarga, kema sug‘urtasi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Zelenskiy fon der Lyayenga 1,5 milliard yevro miqdoridagi yordamning navbatdagi transhi uchun minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari, Zelenskiy Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan hudiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligi borasida muzokaralar olib borgan, Bolgariya Bosh vaziri Nikolay Denkov bilan Qora dengiz xavfsizligi va muqobil don yo‘laklarini ta’minlash masalalarini muhokama qilgan.

Xorvatiya Bosh vaziri Andrey Plenkovich bilan ikki tomonlama uchrashuvda esa Dunay va Adriatik portlari orqali Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish masalasi ko‘rib chiqilgan. Ukraina Prezidenti Shimoliy Makedoniya Bosh vaziri Dimitar Kovachevskiy bilan muzokaralar davomida esa mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha qadamlarni muvofiqlashtirishga kelishib olgan.

Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuvda Zelensiy insonparvarlik, harbiy va siyosiy yordam hamda Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha G7 deklaratsiyasiga qo‘shilganligi uchun minnatdorlik bildirgan va Chernogoriyaning Ukraina Tinchlik formulasini qo‘llab-quvvatlashini muhokama qilgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 21 avgust kuni esa Zelenskiy Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis va Prezident Katerina Sakellaropulu bilan ham uchrashgan. Muzokaralardan so‘ng, ukrainalik uchuvchilarni F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga tayyorlashda Gretsiya ham ishtirok etishi e’lon qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiy ShvetsiyaNiderlandiya va Daniyaga borgan va davlatlar rahbariyati bilan uchrashgandi. Shvetsiyada CV90 jangovar mashinasini Ukrainada ishlab chiqarish bo‘yicha,  Niderlandiya 42 ta F-16 qiruvchi samolyotini, Daniyada 19 ta F-16 qiruvchi samolyotini Kiyevga topshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya Ukraina Zelenskiy Afina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made