Zelenskiy YeIni AQSHning nog‘orasiga o‘ynamaslikka chaqirdi
Olam
−
05 Oktabr 2023
20595Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashington tomonidan Kiyevga yordamning qisqarishini Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi “siyosiy bo‘ron” bilan bog‘ladi va Yevropa Ittifoqi davlatlarini bunday sharoitda mustaqil harakat qilishga chaqirdi. Bu haqda u Granadadagi Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida so‘zlagan nutqida.
“Dunyoning boshqa qismlarida nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, bizning hamkorlarimiz qanday siyosiy tornadolarni boshdan kechirmasin, Yevropa kuchli bo‘lishi kerak. Hozir Yevropa AQSHdagi voqealarni, kuchayib borayotgan siyosiy bo‘ronni kuzatmoqda. Yevropaning o‘z kuch salohiyati, global roli bor va u barcha asosiy masalalarda imkon qadar kuchli bo‘lishi kerak”, deydi Ukraina Prezidenti.
Zelenskiy AQSH siyosatchilari va jamiyati bu “bo‘ron”ga bardosh berishiga ishonch bildirgan.
“Yevropada biz tayyor bo‘lishimiz kerak. Qo‘shma Shtatlar bizga yordam berdi, Yevropaning omon qolishiga ko‘maklashdi va endi Yevropa bo‘ronni kutishga urinib, yelkanlarini shamoldan yashirmasligi muhim”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 1 oktyabr kuni AQSH Kongressi federal hukumat yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ukrainaga yordam ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan 45 kunlik (17 noyabrgacha) byudjet loyihasini qabul qilgan edi. Oq uy va Kongressdagi demokratlar Kiyevga ko‘makni to‘xtatishni xohlamasa-da, respublikachilar bunga to‘sqinlik qilyapti.
LiveBarchasi