Zelenskiy Vilnyusga yetib bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 11 iyul kuni NATO sammitida qatnashish uchun Litva poytaxti Vilnyusga yetib bordi. Bu haqda bir qator Ukraina va Litva ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Vladimir Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov uning Vilnyusga kelganini tasdiqlagan. Ukraina rahbari Litva poytaxtiga Rzeshov shahridan Polsha samolyotida yetib borgan.

Manbalarga ko‘ra, Zelenskiy va Ukraina Mudofaa vaziri Aleksey Reznikov o‘tirgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 15:45 da Vilnyus xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Ukraina yetakchisining sammitdagi chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sammit boshlanishidan avval Vilnyusdagi aeroportga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘rnatilgandi. Shuningdek, 3000 dan ortiq litvalik askar sammit ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash uchun jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Zelenskiy NATO sammiti Vil'nyus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made