Zelenskiy o‘zidan arazlagan Shols va Shtaynmayerni Kiyevga taklif qildi
Olam
−
05 may 2022
6595Bugun, 5 may kuni Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda DPA axborot agentligi xabar bergan.
Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida ikki davlat rahbari o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan tushunmovchiliklarni muhokama qilgan.
Zelenskiy Shtaynmayer va kansler Olaf Sholsni hamda butun Germaniya rahbariyatini Kiyevga tashrif buyurishga taklif qilgan.
45 daqiqa davom etgan suhbatda Shtaynmayer Zelenskiyni Germaniya Ukrainani to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ishontirgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda Germaniya rahbari Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashishdan bosh tortgandi. Bunga Shtaynmayerning Rossiya bilan yaxshi munosabatlari sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Olaf Shols Vladimir Zelenskiy Kiyevda GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerni qabul qilishdan bosh tortgani uchun sobiq Sovet respublikasiga tashrif buyurmayotganini ma’lum qilgandi.
Ukrainaning Berlindagi elchisi Andrey Melnik esa bunga javoban, Germaniya kanslerini “hafa bo‘lgan kolbasa” deb atagandi.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay esa, Germaniyada bir necha deputatlar Melnikni mamlakatdan haydash payiga tushgandi.
LiveBarchasi