Zelenskiy Ukrainaning yil oxirigacha yutishiga shubha qildi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari yil oxirigacha qarshi hujumda muvaffaqiyatga erisha olish yoki olmasligini bilmaydi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Menimcha, buni hech kim bilmaydi, rostan ham. Ammo o‘ylaymanki, biz ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishamiz", degan Zelenskiy Ukraina sharqida erishgan yutuqlarini ta’kidlab.

Shuningdek, Prezident AQSHdan ko‘proq uzoq masofaga uchuvchi raketalarni olishga e’tibor qaratishini aytgan va Ukraina ularning Rossiyani nishonga olishini emas, balki ikki tomon o‘rtasidagi jang maydonining imkoniyatlarini bir darajada ushlab turishini istashini bildirgan.

“Agar qurol-yarog‘ ta’minlanmasa, bu biz uchun yo‘qotish bo‘ladi. Bu jang maydonida va boshqa joylarda ko‘proq qurbon berilishiga olib keladi”, deydi Prezidenti.

Shu o‘rinda, Ukraina rahbari ko‘proq havo mudofaa tizimlari, xususan, AQSHda ishlab chiqarilgan Patriot havo mudofaa tizimi zarurligini yana bir bor ta’kidlab, ular tinch aholi yashaydigan hududlarni himoya qilish uchun kerakligini aytgan.

Bundan tashqari, Zelenskiydan Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi harbiy strategiyasi yuzasidan Vashinton va Kiyev rasmiylari o‘rtasidagi ziddiyat haqida ham so‘ralgan. Ma’lumki, AQSH rasmiylari Ukrainaning Rossiya logistikasi va ta’minot harakatlarini buzish uchun raketa zarbalarini kuchaytirayotganidan shubhalanmoqda.

"Biz ham xuddi shunday fikrdamiz. Vaqtinchalik bosib olingan Qrim – bu bizning tinch aholimizni o‘ldirish uchun qurol saqlanadigan joy. Ular Qrimdan bizning hududimizga qarata o‘t ochyapti. Va, albatta, biz ularning raketalari qayerdan kelayotganini ko‘rishimiz va bu bilan shug‘ullanishimiz kerak", degan Prezident Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Vladimir Zelenskiy AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni Ukrainada tinchlikka erishish rejasini omma oldida baham ko‘rishga chaqirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing