Zelenskiy Ukrainani qayta tiklashga qancha mablag‘ kerakligini aytdi
Olam
−
04 may 2022
11451Ukrainani qayta tiklash uchun kamida 600 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap infratuzilma ob’ektlari, turar-joylar va korxonalarni tiklash haqida ketmoqda.
“Avvalroq men 600 milliard dollar o‘lchovida yo‘qotish haqida gapirgan edim. Biz vayron bo‘lgan hamma narsani tiklay olamiz va siz bizning tiklanishimizga hissa qo‘shishingiz mumkin. Kompaniyalaringiz uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning, Kiyevda ofislar quring, Ukrainada kompaniyalarni ishga tushiring, shunda siz Yevropadagi eng yirik bo‘lgan, 40 millionlik (Ukrainadagi iste’molchilar —tahr.) bozorga kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, degan Vladimir Zelenskiy “The Wall Street Journal” tomonidan tashkil etilgan kompaniyalar ijrochi direktorlari sammitida videoformatda so‘zlagan nutqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu faqat taxminiy miqdor. Shuningdek, u G‘arb kompaniyalariga mamlakatda ishlash uchun qulay shart-sharoitlarni va’da qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH Prezidenti Jo Bayden Vashington Kiyevga iqtisodiy yordam sifatida qo‘shimcha 500 million dollar ajratishini e’lon qilgan. AQSH Prezidenti bu mablag‘lar Kiyevga iqtisodiyotni barqarorlashtirish, maoshlar to‘lash va aholiga zarur xizmatlar ko‘rsatish uchun berilishini aytgan.
LiveBarchasi