Zelenskiy Ukrainaga qancha F-16 kerakligini aytdi

Olam

image

Ukraina mudofaasi uchun 128 ta F-16 qiruvchi samolyot kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 10 iyul kuni Vashington shahridagi Reygan institutidagi nutqida aytib o‘tdi.

Zelenskiy NATO tomonidan Ukrainaga va’da qilingan F-16 qiruvchi samolyotlarining soni juda kamligi, shuningdek, ular juda kechikayotganligini ta’kidladi.

“F-16 qiruvchilari bilan bog‘liq muammo ularning soni va yetkazib berilish sanasida. Rossiya Ukrainaga qarshi hujumlarda har kuni 300 ta samolyotdan foydalanadi, ammo bizga 10-20 ta samolyot yetkazib berilishi aytilgan. Biz o‘zimizni himoya qilmoqdamiz, shuning uchun bizga 128 ta F-16 qiruvchilari kerak, ittifoqchilarimiz bu miqdordan xabardor”, degan Prezident.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Rossiya aerodromlarini bombalash uchun AQSHni Rossiya hududiga zarbalar berish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishga chaqirgan.

“Agar Amerika rahbariyati bizga Rossiya va Qrimdagi rus harbiy va logistika nishonlariga zarbalar berish uchun zarur imkoniyatlar bilan yordam bersa, biz Rossiyaning Ukraina janubidagi harakatlarini sezilarli darajada cheklashimiz va bosqinchini siqib chiqarishimiz mumkin", deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy G‘arbning yordami Ukraina uchun yetarli bo‘lmayotganidan noligandi. Shuningdek, Ukraina Prezidenti mamlakat uchun bu yil urushni tugatish rejasini taqdim etishi muhimligini va bu rejani dunyoning aksariyat qismi qo‘llab-quvvatlashini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

F-16 Zelenskiy Reygan instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made