Zelenskiy Ukrainadagi rus harbiylarining asosiy nishonlarini aytdi
Olam
−
17 may 2022
11807Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Severodonetsk va Donbassning boshqa shaharlari hamon rus harbiylarining asosiy nishoni bo‘lib qolayotganini aytdi. Bu haqda davlat rahbari videomurojaatida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda UNIAN.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya hujum qilishga urinayotgan hududlarda doimiy hujumlarni qaytarib turibdi.
“Severodonetsk va Donbassning boshqa shaharlari hamon rus harbiylarning asosiy nishoni bo‘lib qolmoqda. Biz o‘z yurtimiz va xalqimizni himoya qilish uchun hamma narsani qilyapmiz”, deb ta’kidlagan Zelenskiy.
Qayd etish kerakki, rus harbiylari butun kuchlarini Lugansk viloyatining Ukraina nazoratidagi qismi mintaqaviy markazi – Severodonetskni o‘rab olish va nazorat ostiga olish uchun jamlagan.
“Minglab rus harbiylari shaharga yaqinroq bostirib kirishga harakat qilmoqda, ammo muvaffaqiyatga erisha olmayapti”, degan Lugansk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Severodonetsk chekkasidagi qishloqlarda ukrainalik himoyachilar munosib javob berishmoqda, shuning uchun ruslar hatto chekinmoqda.
Shu bilan birga, rus harbiylari Severodonetskni uzluksiz o‘qqa tutmoqda. 16 may kuni u yerda kamida 10 kishi halok bo‘lgan.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi