Zelenskiy Ukrainada yangi organga asos soldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy razvedka agentligini qayta tashkil qildi.

Zelenskiyning matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina Prezidenti tegishli farmon bilan razvedka masalalari bo‘yicha qo‘shma qo‘mitani tugatgan. U, shuningdek, razvedka qo‘mitasini ham tuzgan. Farmonlar 17 iyun kuni imzolandi.

Yangi organni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatda aytilishicha, "Ukraina razvedka idoralari faoliyatini boshqarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish tizimi takomillashtiriladi”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina rahbari allaqachon yangi qo‘mitaning yig‘ilishini o‘tkazgan va uning oldiga asosiy vazifalarni qo‘ygan.

Yangi hay’at yig‘ilishi paytida Zelenskiy qo‘mita a’zolariga: "Men sizlar bilan razvedkaga chiqaman. Bir nafar professional razvedkachi dushmanning butun armiyasiga qarshi tura oladi”, degan davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing