Zelenskiy Ukraina va Belarus chegarasiga xalqaro kuzatuvchilarni joylashtirishni taklif qildi
Olam
−
11 Oktabr 2022
3595Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyatni kuzatish uchun Ukraina va Belarus chegarasiga xalqaro kuzatuvchilar missiyasini joylashtirishni taklif qildi. Bu haqda u G7 va Ukraina yetakchilarining videokonferensiyasidagi nutqida aytdi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, tinchlik nafaqat bir qo‘shni bilan, balki barcha qo‘shnilar bilan ham tinchlik bo‘lganida mumkin.
“Men bir mamlakatga e’tibor qaratmoqchiman. Belarus hududi allaqachon Ukrainaga hujumlar uchun ishlatilgan. Va endi biz katta tahdidni ko‘rmoqdamiz. Rossiya biz bu davlatga qarshi zarba tayyorlayapmiz, deb provokatsiya qilib, Belarusni bevosita bu urushga tortishga harakat qilmoqda. Bilvosita, u ularni ichkariga tortdi”, deydi u.
Prezident Zelenskiy Ukraina Belarusga qarshi harbiy choralar ko‘rmagani va rejalashtirmaganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, Ukraina faqat hududiy yaxlitligini tiklashdan manfaatdor.
“Ammo bu provokatsiyani, Lukashenkodan eshitiladigan hikoyalarni, hatto bizdan bo‘lgan har qanday tahdid haqidagi taxminlarni ham yo‘q qilish uchun biz o‘z yechimimizni taklif qilamiz. Ukraina va Belarus chegarasida vaziyatni kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilar missiyasi joylashtirilishi mumkin. Formatni diplomatlarimiz ishlab chiqishi mumkin. G7 darajasida ushbu tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman”, deydi Zelenskiy.
Avvalroq Lukashenko Kiyevning Belarusga qarshi front ochish iddaosi bilan chiqib, bu harakatni “harbiy nuqtai nazardan aqldan ozish” ekanligini, ammo jarayon boshlanganini aytdi. U hozirgi vaziyatda rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan qo‘shinlarning qo‘shma mintaqaviy guruhini joylashtirish bo‘yicha kelishib olganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu guruhni shakllantirish ishlari ikki kundan beri davom etmoqda.
Shuningdek, Lukashenko Belarusda 1000 dan ziyod rossiyalik harbiylarni joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishga ko‘rsatma berdi.
LiveBarchasi