Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlariga kuzgi chaqiruvni bekor qildi
Olam
−
01 Oktabr 2022
7606Bu yil Ukraina Qurolli Kuchlariga (UQK) kuzgi chaqiruv bekor qilindi va o‘tgan yili armiyaga chaqirilganlar hozir xizmatdan ketmaydigan bo‘ldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 30 sentyabr kuni tegishli farmonni imzoladi.
Farmon matniga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining belgilangan xizmat muddatini to‘liq o‘tagan harbiy xizmatchilari “belgilangan tartibda demobilizatsiya e’lon qilingunga qadar” zaxiraga o‘tkazilmaydi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli Kuchlariga navbatdagi chaqiriq haqidagi moddalar bekor qilindi.
Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli hujum boshlaganidan bir kun o‘tib, 25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Safarbarlik Kiyev va mamlakatning barcha viloyatlarida 90 kun davomida o‘tkazildi. Keyin Oliy Rada Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlikni bir necha bor uzaytirdi.
Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kuzgi chaqiriq to‘g‘risidagi farmonni imzolagani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 120 ming rossiyalik harbiy xizmatni o‘tashga chaqiriladi.
LiveBarchasi