Zelenskiy Ukraina Isroildek himoya qilinmayotganidan yozg‘irdi
Olam
−
16 aprel
8815Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO davlatlarini Ukrainani xuddi Isroilga Eron hujumi paytida qilganidek himoya qilishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, yetarlicha samarali havo mudofaasi Ukraina energetika tuzilmasining muhim ob’ektlarini hujumlardan himoya qila oladi, biroq Rossiya hujumlarining intensivligi ko‘proq birdamlikni talab qiladi.
“Isroilni himoya qilish orqali erkin dunyo bunday birlik nafaqat mumkin, balki 100 foiz samarali ekanini namoyish etdi. Ittifoqchilarning qat’iy harakatlari terrorning muvaffaqiyati va infratuzilmani yo‘qotishning oldini oldi. Isroil kabi NATO a’zosi bo‘lmagan Ukrainani terrordan himoya qilishda ham shunday bo‘lishi mumkin. Bu esa 5-moddani faollashtirishni talab qilmaydi, faqat siyosiy iroda yetarli”, deya yozgan Zelenskiy.
Qayd etish joiz, Eronning 14 aprel, yakshanbaga o‘tar kechasi hujumi chog‘ida Isroilga uchirilgan uchuvchisiz samolyotlar va qanotli raketalarning bir qismi Britaniya harbiy-havo kuchlari yordamida Amerika kuchlari tomonidan urib tushirildi.
Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemerondan nega Britaniya kuchlari Ukraina osmonida uchuvchisiz uchoqlarni xuddi shunday tarzda urib tushira olmagani so‘ralgan.
Uning aytishicha, bu NATO qo‘shinlari va Rossiya armiyasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv bo‘lib, xavfli eskalatsiyaga olib keladi.
LiveBarchasi