Zelenskiy UXXga yangi rahbar tayinladi. U tizimni xoinlardan tozalamoqchi

Olam

image

Vasiliy Malyuk Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbari etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 7 fevral Prezident saytida xabar berildi.  

Ilgari Malyuk Xavfsizlik xizmati raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning nomzodi Oliy Radada 324 deputat tomonidan ma’qullangan. 

“Ovoz berishda Ukraina prezidenti, vitse-prezident, Bosh vazir, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi, Bosh prokuror ishtirok etdi. Prezident o‘z nutqida xalq deputatlarini Vasiliy Malyukga ovoz berishga chaqirdi. U tajovuzga qarshi kurashish, qahramonlarimizni qaytarish va ozod qilishdagi rolini qayd etdi”,  deb yozdi deputat Yaroslav Jeleznyak. 

Oliy Rada yig‘ilida Xavfsizlik xizmati boshlig‘i lavozimiga tasdiqlangan Malyuk ham nutq qilib, xizmat "xoinlardan tozalanishini" ta’kidlagan. 

"Men harbiyman va butun umrimni mamlakatni himoya qilishga bag‘ishladim. Xizmat xoinlardan tozalanadi. Barcha darajadagi hamkorlikka qarshi kurashga alohida urg‘u beriladi", deydi Malyuk. 

Vasiliy Malyuk kim?

2005 yilda Vasiliy Malyuk Ukraina Xavfsizlik xizmati Milliy akademiyasida huquqshunoslik bo‘yicha oliy yuridik ma’lumot olgan. 

2001 yildan beri xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tashkilotning mintaqaviy organlarida xizmat qilgan. U tergovchidan korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi boshlig‘igacha bo‘lgan lavozimlarda ishlagan. 

2020 yil yanvar oyida u Xavfsizlik xizmatining Kiyevdagi markaziy boshqarmasiga ishga o‘tdi. O‘sha yilning mart oyida Zelenskiy Malyukni Xavfsizlik xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari va Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinladi. 

2021 yilning 26 iyulida davlat rahbari Malyuk va Xavfsizlik xizmatining yana 3 nafar xodimi –  Axborot xavfsizligi sohasida davlat manfaatlarini aksilrazvedka tomonidan himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Korniychuk, Chernovsi viloyatidagi Xavfsizlik xizmati bo‘limi boshlig‘i Vitaliy Monastyretskiy va Xavfsizlik xizmati huzuridagi Aksilterror markazi rahbari vazifasini bajaruvchi Ruslan Baranetskiyni ishdan bo‘shatdi. 

2022 yil 18 iyulda Prezident Vasiliy Malyukni Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy Vasiliy Malyuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing