Zelenskiy to‘rtta hududdagi UXX boshqarmasi boshliqlarini ishdan oldi
Olam
−
15 avgust 2022 9546 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati (UXX) ning Kiyev shahri hamda Kiyev, Ternopol va Lvov viloyatlari boshqarmalari rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Tegishli farmonlar davlat rahbari saytida e’lon qilindi.
Shunday qilib, Prezidentning 575/2022-sonli qaror bilan Artem Bondarenko Lvov viloyatidagi UXX boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi va 578/2022-sonli qaror bilan u Kiyev hamda Kiyev viloyatidagi UXX bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
576/2022-sonli farmoni bilan Sergey Zayatsa Xavfsizlik xizmatining Kiyev va Kiyev viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan, 577/2022-son qaror bilan esa Yuriy Boreychuk Ternopol viloyatidagi UXX rahbari lavozimidan ozod etildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 iyul kuni Zelenskiy Bosh prokuror Irina Venediktova va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Ivan Bakanovni ishdan olgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr