Zelenskiy To‘qayev bilan uchrashdi (video)

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi. Bu haqda Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Vladimir Zelenskiy Ukraina hududidagi vaziyat yuzasidan o‘z qarashlarini bayon qilgan.

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev esa mavjud murakkab sharoitda mojaroni to‘xtatish yo‘llarini izlash maqsadida diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, Zelenskiy ham ushbu uchrashuv tafsilotlarini e’lon qildi.

“Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdim. Hozirgi asosiy vazifa – ishonchli xavfsizlik kafolatlari bilan adolatli va mustahkam tinchlikka erishishdir”, deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yozgan Zelenskiy.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida AQSH, Yevropa va boshqa xalqaro hamkorlarning urushni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlari batafsil muhokama qilingan.

Zelenskiy uchrashuv yakunida Qozog‘istonga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing