Zelenskiy tinchlikka tayyor emas – Tramp

Olam

image
Zelenskiy Trampdan kechirim so‘ramasligini aytdi north_east

Zelenskiy Trampdan kechirim so‘ramasligini aytdi

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyni “tinchlikka tayyor emasligini” aytdi. Bu haqda AQSH rahabri o‘z Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rahbari AQSHga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan.

“Men Prezident Zelenskiyning tinchlikka tayyor emasligini aniqladim, chunki u bizning ishtirokimiz muzokaralarda unga katta ustunlik berishini his qilmoqda. Men ustunlikni xohlamayman, men tinchlikni xohlayman”, deya yozgan Tramp.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbari Zelenskiy tinchlikka tayyor bo‘lganda Oq uyga yana kelishi mumkinligini aytgan.

“U Oval kabinetda Amerika Qo‘shma Shtatlariga hurmatsizlik qildi. U tinchlikka tayyor bo‘lganda qaytishi mumkin”, deb yozdi u.

Qolaversa, Tramp Zelenskiyni hissiyotlarga berilib ketganini ham qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni Oq uyda AQSH Prezidenti va Ukraina rahbari o‘rtasida bahsli munozara bo‘lib o‘tgandi. Ikki o‘rtadagi tortishuvdan so‘ng, Ukraina rahbari Oq uyni kutilganidan ko‘ra ertaroq tark etdi. Shuningdek, Zelenskiy munozaradan so‘ng, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Ikki qo‘ng‘iroqning ham tafsilotlari ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing