Zelenskiy taxminan bir yil oldin ozod qilingan orolga bordi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Zmeyniy oroliga bordi. Bu safar Rossiya harbiylari u yerdan olib chiqib ketilganidan bir yil o‘tib, amalga oshirildi. Tegishli videolavhalar davlat rahbarining Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Kadrlarda Zelenskiy Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak hamrohligida tezyurar qayiqda orolga borganini ko‘rish mumkin. Ularga bir nechta to‘liq qurollangan jangchilar hamrohlik qilgan. Quruqlikka yetishdan oldin Zelenskiy va Yermak zirh kiygan.

“Men shu 500 kun davomida har bir askarga: qurolli kuchlarimiz, razvedka xodimlarimiz, Milliy gvardiyamiz, chegarachilarimiz, Ukraina xavfsizlik xizmati, Milliy politsiyamiz, signalchilarimizga bu yerdan, mana shu g‘alaba joyidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ukraina uchun kurashayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman”, degan Zelenskiy videomurojaatida.

Ma’lumot uchun, mazkur orol 2022 yil fevral oyi oxirida Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan va 30 iyun kuni esa Rossiya Mudofaa vazirligi garnizonning olib chiqilishini e’lon qilgan. Moskva bu qarorini BMTning Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish harakatlariga aralashmasligini ko‘rsatish uchun xayrixohlik belgisi sifatida amalga oshirilgani bilan izohlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing