Zelenskiy Sirskiyga kart-blansh huquqini berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyga armiyadagi o‘zgarishlar uchun kart-blansh huquqini berdi. Bu haqda davlat rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Vladimir Zelenskiy hafta boshida Bosh qo‘mondon frontdan qaytishini hamda unga keyingi o‘zgarishlar va harakatlar yuzasidan batafsil hisobot va aniq takliflar kiritishini kutmoqda.

“Bosh qo‘mondon armiyada, shtab-kvartirada har qanday kadrlar o‘zgarishi uchun kart-blanshga ega. Barcha ukrainalik qo‘mondonlar frontni bilishi, haqiqiy ehtiyojlarni his qilishi, askarlar, serjantlar bilan birga bo‘lishi, Ukraina maqsadlariga erishish uchun nima kerakligini bilishi kerak”, deydi Zelenskiy.

Joriy yilning 2 mart kuni yangi Bosh qo‘mondon Ukraina armiyasida kadrlar o‘zgarishini e’lon qildi. Sirskiyning ta’kidlashicha, u shaxsiy qarorlarni qo‘mondon vaziyatni nazorat qilmasa, harakatlar va buyruqlar bevosita qo‘l ostidagilarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan alohida holatlarda qabul qiladi.

Shuningdek, Bosh qo‘mondon ayrim bo‘linmalarga tajriba o‘tkazish uchun mutaxassislar guruhini yuborish niyatida.

Ma’lumot uchun, kart-blansh bu – to‘liq harakat erkinligi yoki variantlardan birini tanlash huquqi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 8 fevral kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni ishdan bo‘shatdi va keyinchalik butun mamlakat harbiy qo‘mondonligini almashtirdi. Aleksandr Sirskiy yangi bosh qo‘mondon bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Aleksandr Sirskiy kart-blansh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing